Botir Imomxo'jayev nega «Aldama meni» ko'rsatuvining yopilishini xohlaydi?

0

U ko'rsatuv yopilayotganidan xursand ekanini ta'yeidlagan. Aktyor, so'z ustasi Botir Imonxo'jayev nega «Aldama meni» ko'rsatuvining yopilishini xohlashi haqida gapirdi. Uning so'zlariga ko'ra, ko'rsatuv yopilayotganidan xursand. Aktyor buning sababini mentalitetga to'g'ri kelmasligi, urush-janjal ko'p bo'lishi bilan izohladi. «Ko'rsatuv yopilyapti degan xabar keldi. Bundan juda ham xursandman. Bu ko'rsatuv yopilishi kerak edi. Yopilmasa ham bo'lmasdi. Sababi urush-janjal, to'polon, qiy-shuv ko'p. Bizning o'zbekchilikka to'g'ri keladigan ko'rsatuv deb o'ylamayman. Sababi bizning mentalitetda faqat maqtovlar bo'lishi kerak. Hamma narsaning o'zining davri bor. Menimcha ko'rsatuvni yopish kerak», — deydi aktyor.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here