Instabloger Bonamur o'zi haqidagi sirni oshkor qildi

0

«Shu gaplarni aytish uchun 20 yil boshim egik yurdi».Bloger, Bonamur taxallusi bilan tanilgan Umida Abdug'afforova bolaligidan insonlar uning ustidan kulgani, mazah qilgani haqida gapirib, muvaffaqiyat siri haqida aytib berdi.Uning so'zlariga ko'ra, 4 yil oldin qo'limdan hech narsa kelmaydi deb o'ylagan. Hozir esa u qo'lidan hamma narsa kelishini ta'kidladi. Bonamur yoshligida uning nuqsoni bo'lganini, shu sababdan odamlar uni kamsitganini aytdi. U onasining vafoti hayotidagi eng katta yo'qotish ekani haqida gapirdi.«4 yil oldin qo'limdan hech narsa kelmaydi deb o'ylardim. Bugun esa aksincha. Qo'limdan hamma narsa keladi. Shunchaki o'zingizga ishoning. Qancha kerak bo'lsa shuncha harakat qiling. Bu uyat emas, bu kuchliligingizning ko'rsatkichi. Ha men o'sha 16 yil ichida hamma kamsitgan, masxara qilgan, qo'lidan hech narsa kelmaydigan qizman. Mana endi boshimni tik tuta olaman. 20 yil ichida hech kimning yordamisiz hammasiga o'zim erishdim. Kim uchundir bu oddiy holat, lekin hamma daxshatni men o'zim boshimdan o'tkazdim. Eng katta yo'qotish — onamni yo'qotdim. Kamsitishga, pulsizlikka, xo'rliklarga chidab o'tdim. Men uchun bu katta yutuq. Hozir qo'lim hamma joyga yetadi. Pulim bor, hurmatim bor, men kerak bo'lgan insonlar bor. Siz men haqimda negativ fikrlarni gapirib o'tirganingizda men o'z ustimda ishladim. Endi siz xonangizni bir burchagiga qarab orzu qilib o'tirganingizda men yashayabman», — deydi bloger.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here