Jahongir Ahmedov Matyoqub Matchonov bilan bog'liq sirni aytdi

0

U aktyorning sudiga borgan, lekin kirolmagan
Rejissyor, csenarist, operator Jahongir Ahmedov Matyoqub Matchonov hibsga olingandan so'ng ijod qilolmay qolganini aytdi.Uning so'zlariga ko'ra, aktyor tuhmatga uchragan. Rejissyor aynan shu voqeadan keyin ijodi to'xtab qolganini aytdi. Jahongir Ahmedov buyurtma berganlarning pulini ishlatib qo'yganini lekin tirikchilik uchun ham ishlay olmaganini ta'kidladi. U Matyoqub Matchonovning sudiga borganda kirolmaganini ma'lum qildi.

«O'zbekiston xalq artisti unvoniga arzidigan mehnati bilan qilgan odam birdan tuhmatga uchrasa, eng xor darajaga olib tushilsa bu tasavuurga sig'maydigan narsa edi. Men bir sirni aytaman, Matyoqub akaning boshiga shu ish tushgandan keyin mening ijodim to'xtab qoldi. Tirikchilik uchun ham yozishim kerak edi. Ikkita farzandim bor. Buyurtmalar kelyapti. Mayli o'zingiz suratga olmasangiz ham mana shuni yozib bering, bu csenariyni ko'rib bering, yumor qo'shib bering, oxirini noodatiy qilib tugatib bering mana puli deyishgan. Men u pulni olib ro'zg'orga ishlatyapman. Bollarimga ishlatyapman. Lekin birortasini yozolmayapman. Qandaydir bir narsa uzilganday bo'ldi. Hattoki, eslayman sudga borganman. Lekin kirolmaganman. Bitta men emas Matyoqub akaning oila a'zolaridan ham kimlardir kirolmay qoldi. Juda katta to'polon bo'ldi», — dedi rejissyor.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here