«Aristokratlar» jamoasining yangi konserti qachon bo'lishi ma'lum qilindi

0

Aktyor, teleboshlovchi, Guli Asalxo'jayevaning o'g'li Jahongir Xo'jayev Instagram sahifasida «Aristokratlar» jamoasining konserti qachon bo'lishini e'lon qildi.

Uning so'zlariga ko'ra, konsert 16 oktyabr kuni bo'lib o'tadi. Jahongir Xo'jayev unga kirish bepul bo'lishini ta'kidladi. Shuningdek, u konsertda yangi va kulguli hazillar bo'lishini aytdi.

«Do'stlar, ‘Aristokratlar’ning konsertiga tayyorlanyapmiz. 16 oktyabr soat 14:00 da jonli efirga kelib ko'rishingiz mumkin. ‘Aristokratlarʼ shousiga kirish bepul bo'ladi. 3000 kishilik joy. Katta sahnada bomba shou bo'ladi. 16 oktyabr ‘Aristokratlarʼ siz bilan yangi, kulguli hazillari bo'ladi», — deydi u.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here