Dahshat! Turmush o'rtog'i tomonidan kaltaklangan ayol

0

Ijtimoiy tarmoqlarda Pastdarg'om tumani “Turkman” mahallasida yashovchi fuqaro Feruza Ochilovaning turmush o'rtog'i tomonidan kaltaklanganligi hamda oila ajralish yoqasiga kelib qolganligi xaqida xabarlar tarqaldi.

Ushbu holat Samarqand viloyati Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash boshqarmasi tomonidan voqea joyiga borgan holda o'rganib chiqildi, deya xabar bermoqda boshqarma matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, Fuqaro Feruza Ochilova 1989 yil Samarqand viloyati, Samarqand tumanida tug'ilgan. 2016 yilda viloyatning Pastdarg'om tumani “Turkman” mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi fuqaro E.Berdialiyev bilan turmush qurgan. Oilaning bir nafar voyaga yetmagan farzandi bor. Fuqaro F. Ochilova bugungi kunga qadar Samarqand shahridagi Tibbiyot diagnostika markazida ishlab keladi.

2019 yildan boshlab turli kelishmovchiliklar yuzaga kelishi natijasida ushbu oila “Turkman” mahalla fuqarolar yig'ini tomonidan notinch oilalar ro'yxatiga kiritilgan.

Shuning bilan birga oiladagi mavjud muammoni bartaraf etish va oila a'zolarining ajralishini oldini olish maqsadida tegishli zarur choralar olib borilgan.

Jumladan, “Turkman” mahalla fuqarolar yig'ini tomonidan 2019 yilning 20 iyun, 12 iyul, 28 avgust va 13 noyabr, 2020 yilning 7 aprel, 25 aprel va 7 avgust kunlari, shuningdek, Pastdarg'om tumani Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi hamda boshqa mas'ul tashkilotlar vakillari tomonidan 2020 yilning 24 iyul, 15 avgust, 2021 yilning 11 may, 26 may va 28 sentyabr kunlari ushbu oila a'zolarini yarashtirish bo'yicha fuqaro F. Ochilova, uning turmush o'rtog'i, qarindoshlari hamda mahalla faollari ishtirokida qator yig'ilishlar o'tkazilgan. Ammo oila a'zolarini yarashtirish bo'yicha ko'rilgan barcha mavjud choralarga qaramasdan tomonlar o'zaro yarashishni istamagan.

O'rganishlar davomida fuqaro F. Ochilova hamda turmush o'rtog'i E.Berdialiyevlar bilan o'tkazilgan navbatdagi suhbat davomida tomonlar o'zaro birga yashash istagi yo'qligini hamda yarashmasligini qat'iy bildirib o'tdi.

F. Ochilovaga turmush o'rtog'i tomonidan jismoniy tan jarahoti yetkazilganligi xususida ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalgan xabar 2021 yil may oyida tomonlar o'rtasidagi navbatdagi tortishuv natijasida yuzaga kelganligi, F.Ochilovaning turmush o'rtog'i E.Berdialiyev ushbu holat bo'yicha 2021 yil 27 iyul kuni Jinoyat ishlari bo'yicha Pastdarg'om tuman sudi tomonidan tegishli javobgarlikka tortilganligi ma'lum qilingan.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here