Nargiza Salmonova turkiyalik eri bilan ajrashdimi?

0

O'zbekistonga yaqin kunlarda qaytgan aktrisa Nargiza Salmonova eri bilan ajrashgani haqidagi mish-mishlarga aniqlik kiritdi.

Aktrisa hozirda Toshkentda yashamoqda. Uning Turkiyaga qaytmayotgani sababli ko'plab muxlislari er bilan ajrashgani haqida mish-mishlar tarqata boshladi. Nargiza Salmonova bu yolg'on ekanini, u bilan ajrashmaganini ma'lum qildi.

«Sizlar bilan ba'zi bir keraksiz udumlarimizdan voz kechish haqida gaplashmoqchiman. Yaqin joyga turmushga chiqqan ayol bir oyda bir yoki ikki marta uyiga kelishi, uzoqqa turmushga chiqqanlarni yilda bir oilasini ko'rgani kelishi normal holat. Bu degani ajrashdi degani emas. Ikkala shaharda ham Alloh umr berganicha yashayman va Alloh nasib etganicha san'atni davom ettiraman», — deydi aktrisa.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here