Shohruhxon va Asal Shodiyeva ikkinchi bor farzandli bo'lishdi

0

Taniqli aktrisa Asal Shodiyeva va xonanda Shohruhxon bugun, 12 yanvar kuni ikkinchi bor ota-ona bo'lish baxtiga erishdilar. Bu haqida ijodkorlarning o'zidan ham avvalroq «Bravo» jamoasi a'zosi Shahlo Zoirova ma'lum qildi.

U Instagramdagi sahifasida ijodkorlarni o'g'il chaqaloq bilan tabriklagan. Ma'lum bo'lishicha, bolakay Turkiyada dunyoda kelgan.

Xonanda Shohruhxon ushbu yangilik munosabati bilan birinchi farzandi Muhammadyusufni tabrikladi.

“Aziz o'g'lim, bugun seni tabriklagim keldi. Men ikkinchi bor ota bo'ldim. Onajoning ikkinchi farzandini dunyoga keltirdi. Sen esa birinchi bor aka bo'lding. Doimo ahillikda, do'stlikda, mehr-muhabbat bilan hayot kechiringlar. Alloh sizlarni yaxshi ishlarga ilhomlantirsin. Umringiz xayrli va mazmunli bo'lsin”, deb yozdi Shohruhxon.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here