Nursulton Nazarboyevning qizi hozir qaerdaligini “Instagram” sotib qo'ydi

0

Qozog'istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning kenja qizi Aliya Nazarboyeva mamlakatdagi voqealarga “Instagram” orqali izoh berganidan so'ng jurnalistlar uning Qozog'istonda emas, Birlashgan Arab Amirliklarida ekanini bilib qolishdi.

Shundan keyin Aliya “Facebook” va “Instagram”dagi sahifalarini o'chirib tashlagan yoki ularga kirishni butunlay cheklab qo'ygan.

Aliya Nazarboyeva sobiq prezident oilasining vakillaridan birinchi bo'lib Qozog'istondagi so'nggi voqealarga izoh bergandi. «Jabrlanganlar va qurbonlar tufayli his qilinadigan og'riq va afsuslarni so'z bilan ifodalashning iloji yo'q. Men barcha qurbonlarning oila a'zolariga samimiy hamdardlik bildiraman. Barchamiz uchun bu ayanchli saboq tariximizda so'nggisi bo'lib qolsin», — deb yozgan edi u.

Nazarboyeva o'z postida otasini ham tilga olgan, lekin uning qaerdaligi va ahvoli haqida birorta tafsilot bermagan. «Sizdan kelayotgan ruhlantiruvchi so'zlar uchun rahmat. Otamni ma'naviy qo'llab-quvvatlayotganingizdan minnatdorman, u bugungi kunda turli viloyatlar aholisidan ko'plab xatlar olmoqda», — deb yozgan Aliya Nazarboyeva.

Nursulton Nazarboyev so'nggi marta 2021 yilning 28 dekabrida omma oldiga chiqqan edi. Uning matbuot kotibi ham, qozog'istonlik diplomatlar ham Nazarboyevning Nur-Sultonni tark etmagani haqida bayonotlar bersa-da, respublikada ko'pchilik bu ma'lumotga ishonmayapti.

Xuddi shunday holat Nursulton Nazarboyevning oila a'zolariga ham talluqli. Ayni vaqtda Qirg'izistonning 24.kg nashri xabariga ko'ra, sobiq prezidentning ukasi Bolat Nazarboyev avvalroq qozoq-qirg'iz chegarasini kesib o'tgan va Bishkekdan Dubayga uchib ketgan.

Ushbu nashr 13 yanvar kuni “Instagram”ning «Hisob ma'lumotlari» funksiyasiga tayanib, Aliya Nazarboyevaning joylashgan joyi BAA ekaniga e'tibor qaratdi. Shundan so'ng ko'p o'tmay, Aliyaning “Instagram” sahifasiga kirish yopildi.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here