Qahvani tongda ichish kerakmi?

0

“Qahvani tongda ichish kerak – bu vaqt organizm kofeinni yaxshi qabul qiladigan eng yaxshi paytdir” degan qarash qay darajada to'g'ri? Quyida shu fikrga aniqlik kiritamiz.

Bir finjon qahva ko'pchilik uchun tonggi marosimga aylanib bo'lgan. Qahvani tongda ichish kerakligi, boshqa vaqtlarda ichilsa, ishlash uchun halaqit berishi yoki uyqu rejimini buzilishi bilan asoslanadi. Tongda qahva ichishga o'rganib qolganlar esa, tongda ichilgan qahva ularga kuch berishini, boshqa paytlar esa kuch bersa ham uzoqqa cho'zilmasligini ta'kidlashadi.

Olimlarning ta'kidlashicha, avvalo tongda qahva ichib, keyin yugurgani chiqish kerak. Qahva o't pufagida tosh yig'ilishi, Altsgeymer va Parkinson kasalligi ehtimolini kamaytiradi va aqliy qobiliyatni yaxshilaydi.Qahva ichishning eng yaxshi vaqti tongdan sal kechroq, kunning ikkinchi yarmiga yaqinlashgan vaqtdir. Aniq qilib aytadigan bo'lsak, ertalabki soat 9 dan keyin, organizmda kortizol gormoni miqdori kam paytda ichish kerak.

Kortizol gormoni asosan qo'rquv va stress bilan bog'laniladi, shuningdek u inson endi uyg'ongan va uxlayotgan vaqt oralig'idagi kundalik faoliyatni tartibga soladi. Agar qahva organizm ko'proq kortizol ishlab chiqaradigan paytda ichilsa, kofeinga qaramlik paydo bo'ladi. kortizol tongda sizga kuch beruvchi tabiiy manbaa bo'lib, organizm uni ishlab chiqaradigan paytda qahvaga hojat yo'q.

Tadqiqotlar ko'rsatishicha kortizol organizmda eng ko'p uchraydigan payt ertalabki 6 dan 10 gacha (asosan 8-9) vaqt oralig'idir. Shuning uchun ham qahvani soat 10-12 yoki 14:00-17:00 oralig'ida ichish kerak. Shunda uyqu rejimingiz buzilmaydi.Bosh miya elektrofiziologiyasi mutaxassisi ta'kidlashi bo'yicha, yuqoridagi vaqtlar ko'pchilikka mos kelishi mumkin, ammo yashash joyiga qarab vaqtlar farq qilish mumkin. Shuningdek, qahva endi uyg'ongan inson uchun zararli hisoblanadi va uni soat 10 dan oldin ichish kerak emas. Tunda ham qahva yaxshi ta'sir qiladi, ammo bu bilan uyqu vaqtini buzib qo'yishingiz mumkin.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here