Quyosh tizimi ulkan kosmik pufak ichida joylashgan – olimlar

0

Amerikalik olimlar Quyosh tizimi va uni qurshab turgan samoviy jismlarning evolyutsiyasi tarixini modellashtirishdi. Buning natijasida Yer sayyorasi va uning atrofida joylashgan samoviy jismlarning barchasi ulkan kosmik pufak ichida ekanligi haqidagi taxmin ilgari surildi.

Olimlarning aytishlaricha, kosmik pufak diametri 1000 yorug'lik yiliga teng. Ta'kidlash kerakki, «Mahalliy» deb nom berilgan ushbu pufak olimlar uchun yangi kashfiyot emas, mutaxassislar uni bir necha o'n yillardan beri o'rganib kelishadi.

Olimlarning aytishlaricha, Quyosh tizimidan 500 yorug'lik yili uzoqligida, pufak yuzasida yulduzlarning hosil bo'lish hududi mavjud va eng yosh yulduzlar aynan mana shu yerda joylashgan. Pufak bundan 14 million yil avval yulduzlarning portlashi natijasida hosil bo'lgan.

Ayni vaqtda kosmik pufak sekundiga 4 mil tezlikda kengayib bormoqda.

FIKR BILDIRISh

Please enter your comment!
Please enter your name here